locale OZ

Xalokov — “Eyndhoven kubogi”ning eng yaxshi bokschisi! Habibullaev ham maxsus sovringa sazovor bo‘ldi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xalokov — “Eyndhoven kubogi”ning eng yaxshi bokschisi! Habibullaev ham maxsus sovringa sazovor bo‘ldi
Rasm: boxing.uz

9 iyun kuni Niderlandiyaning Eyndhoven shahrida boks bo‘yicha nufuzli xalqaro turnir o‘z nihoyasiga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritishdi.

Turnir g‘olibi Abdumalik Xalokov nafaqat chempionlikni, balki musobaqaning “Eng yaxshi bokschisi” unvonini ham qo‘lga kiritdi. Bu uning ringdagi mahorati va ustunligini yana bir bor tasdiqladi.

Yana bir hamyurtimiz To‘rabek Habibullaev esa oltin medal bilan birga “Eng iqtidorli bokschi” sifatida alohida e’tirof etildi. Bu esa uning kelajakdagi katta yutuqlariga ishonch uyg‘otadi.


Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting