Xabarovskdagi turnirda o'zbekistonlik bokschilar muvaffaqiyatli start qildi: olti g'alaba va bir mag'lubiyat
Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida Konstantin Korotkov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro boks turniri boshlandi. Musobaqaning birinchi kunida O'zbekiston milliy terma jamoasining yetti nafar vakili ringga ko'tarildi. Ularning oltitasi raqiblarini mag'lub etdi.
O'zbekistonlik bokschilar uchun birinchi kun natijalari:
54 kg: Muxlisa Xushvagova – Tong Xioang (KXDR) — o'zbekistonlik sportchi 0:5 hisobida yutqazdi
57 kg: Xumorabonu Mamajonova – Myao Xe (Xitoy) — 5:0
60 kg: Rashida Tagirova – Mao Din (Xitoy) — xitoylik bokschiga uchinchi raundda texnik mag'lubiyat
54 kg: Hasanboy Do'smatov – Hasan Salohdinov (Tojikiston) — 5:0
63,5 kg: Adhamjon Mo'hiddinov – Ruslan Popov (Ozarbayjon) — 5:0
71 kg: Muhammadazizbek Ismoilov – Melki Salim (Tunis) — 3:2
71 kg: Asilbek Abdurahmonov – Shaho'bjon Shukurov (Tojikiston) — 3:2