locale OZ

World Boxing kubogiga start berildi: ikki o‘zbekistonlik bokschi ilk kun ringga chiqadi

Sabina Boboqulova va Sitora Turdibekova musobaqaning ochilish kunida jang qiladi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Bugun, 30 iyun kuni Ostona shahrida World Boxing tashkiloti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Jahon kubogi bahslariga rasmiy start beriladi.

Musobaqaning ilk kunida ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi ringga chiqadi. Ular quyidagi juftliklarda raqiblariga qarshi kurash olib borishadi:

51 kg: Sabina Boboqulova — Kelsey Oakley (Angliya) — 14:15
60 kg: Sitora Turdibekova — Gizem Ozer (Turkiya) — 19:15

Janglar ikki qismda o‘tkaziladi: birinchi dastur soat 14:00, ikkinchisi esa 19:00 da start oladi (Toshkent vaqti bilan).

O‘zbekistonlik bokschilarga omad tilaymiz!

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting