\"World Boxing\" kubogi. Navbahor Hamidova Olimpiada chempionini mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritdi
Photo: Olympic.uz
Bugun Qozog‘istonning Olmota shahrida "World Boxing" tashkiloti kubogining final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Hozirgina -65 kg vazn toifasi finalida hamyurtimiz Navbahor Hamidova hakamlarning yakdil qarori bilan (5-0) Olimpiada (Tokio-2020) hamda uch karra Jahon chempioni Busenaz Syurmenelini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Hamidova ayollar o‘rtasidagi oltin medal sohibiga aylangan ilk bokschiga aylandi. Shu tariqa bokschilarimiz ishtirokidagi bahslar o‘z nihoyasiga yetdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist