locale OZ

World Boxing Jahon kubogi: 12 may kuni ringga uch nafar o‘zbekistonlik bokschi chiqadi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Расм: boxing.uz

Bugun, 12 may kuni, Polsha poytaxti Varshava shahrida World Boxing tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan Jahon kubogining ikkinchi bosqichiga start beriladi.

Musobaqaning birinchi kunida O‘zbekiston milliy terma jamoasining uch nafar vakili ringga ko‘tariladi. Ular quyidagi juftliklarda raqibga qarshi jang qilishadi:
-60 kg: Samandar Olimov – Maykl Akoto-Ampav (Polsha), soat 20:30
-65 kg: Asadxuja Mo‘ydinxujaev – Hampus Broman (Shvetsiya), soat 21:45
+90 kg: Jahongir Zokirov – Oskar Kopera (Polsha), soat 23:00

Janglar ikki qismda o‘tkaziladi: birinchi dastur Toshkent vaqti bilan soat 14:00, ikkinchi qismi esa 20:00 da boshlanadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting