locale OZ

World Boxing Cup. Bugun bir o‘zbekistonlik bokschi finalda jang qiladi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
World Boxing Cup. Bugun bir o‘zbekistonlik bokschi finalda jang qiladi
Photo: Boxing Uzbekistan

Qozog‘istonda start olgan World Boxing tashkiloti kubogi bahslarida bugun final janglari bo‘lib o‘tadi.

Ushbu bosqichga vakillarimizdan Navbahor Hamidova yetib keldi va u o‘zining doimiy raqiblaridan, turkiyalik Olimpiada va uch karra Jahon chempioni Busenaz Surmeneliga qarshi ringga ko‘tariladi. Navbahor Busenaz bilan so‘nggi bor mart oyida Jahon chempionati finalida ham to‘qnash kelgandi va biroz omadsizlik sabab mag‘lub bo‘lgan edi. Lekin, bugun u raqibasidan ustun kelishiga ishonamiz va omad tilaymiz.

-65 kg: Navbahor Hamidova - Busenaz Surmeneli (Turkiya) 20:00

Yarim finalda mag‘lub bo‘lgan 4 sportchimiz — Feruza Kazakova (54 kg), Aziza Zokirova (75 kg), Sohiba Ro‘zmetova (80 kg) va Oltinoy Sotimboyeva (+80 kg) bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting