WBC reytingi yangilandi: o'zbek bokschilari natijalari
Jalolov bir pog'ona tushdi, Xolmatov yuqoriladi
Rasm: Telegram
Butunjahon boks ittifoqi (WBC) avgust oyi uchun yangilangan reytingni e'lon qildi. Ro'yxatda 6 nafar o'zbek bokschisi o'rin oldi.
• Superog'ir vazn: Bahodir Jalolov – 8-o'rin (o'tgan oy 7-o'rin).
• Supero'rta vazn (76,2 kg): Bektemir Melikuziev – 8-o'rin.
• Birinchi o'rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov – 7-o'rin.
• Ikkinchi yarim engil vazn (-58,9 kg): Xurshidbek Rasuljonov – 32-o'rin (o'tgan oy 31-o'rin).
• Yarim engil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov – 9-o'rin (o'tgan oy 10-o'rin).
• O'ta engil vazn (50,8 kg): Hasanboy Do'smatov – 13-o'rin.
Bakradze Iman
Redaktor