locale OZ

Usikning keyingi jangi sanasi ma'lum bo‘ldi

Hozircha uning raqibi noma'lum.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Usikning keyingi jangi sanasi ma'lum bo‘ldi
ФОТО: Getty images

Ukrainalik 38 yoshli og‘ir vazn toifasidagi mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik kelasi yilda ringga qaytadi. Bu haqda bokschining jamoasi direktori Sergey Lapin xabar berdi.

Qayd etilishicha, Usik 2026 yilning birinchi yarmida jang o‘tkazadi. Hozircha uning raqibi noma'lum.

Eslatib o‘tamiz, Usik so‘nggi jangini 2025 yil 20 iyul kuni Londondagi “Uembley” stadionida britaniyalik Daniel Dyubua bilan o‘tkazgan edi.

Unda ukrainalik bokschi raqibini 5-raundda nokautga uchratib, mutlaq chempionlik kamarini himoya qilgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting