locale OZ

Usik Trampni Ukrainada bir hafta yashashga taklif qildi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Usik Trampni Ukrainada bir hafta yashashga taklif qildi
Rasm: gettyimages.com

Super og‘ir vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan ukrainalik bokschi Aleksandr Usik AQShning prezidenti Donald Trampni Ukrainaga taklif qildi.

Usikning ta’kidlashicha, u Trampga o‘z uyini bir haftaga berishga tayyor:

«Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampga murojaat qilmoqchiman: Ukrainaga keling va uyimda bir hafta yashab ko‘ring. Faqat bir hafta. Men unga uyimni taqdim etaman. U yerda nima bo‘layotganini ko‘rsin», — deya Usikning so‘zlarini keltiradi BBC.

Olimpiada chempionining bu chaqiruvi siyosiy muhokamalarga ham sabab bo‘ldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting