Uchinchi oltin! To'rabek Habibullayev raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi
PHOTO: Telegram
World Boxing tashkilotchiligida o'tayotgan Braziliyadagi jahon chempionatining hal qiluvchi bahslari o'z nihoyasiga yetib bormoqda
Vakillarimiz ishtirokidagi navbatdagi jangda -90 kg vazn toifasidagi bokschimiz To'rabek Xabibullayev ringga ko'tarildi. Final bahsida sportchimiz angliyalik raqibi Isaak Okohga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va O'zbekiston boks terma jamoasining uchinchi oltin medalini qo'lga kiritdi. Ushbu g'alabadan keyin vakillarimiz -90 kg vazn toifasida ham jahonda tengsiz ekanligini butun dunyoga yana bir bor isbotlab qo'ydi.

Musobaqaning hal qiluvchi janglari tafsilotlarini sports24.uz saytida kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor