U-22 terma jamoasi finalga qadam qo‘ydi
Yigitlarimiz kuchli raqiblardan ustun kelib, hal qiluvchi bosqichga yo‘l olishdi
Rasm: Telegram
U-22 yosh toifasidagi terma jamoamiz yarim final bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi. To‘liq tarkibda ishtirok etgan bokschilarimizdan faqat bittasi mag‘lubiyatga uchragani — jamoamizning umumiy ustunligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Endi 9 nafar yigitimiz 11 avgust kuni final jangida o‘z omadini sinab ko‘radi. Ularni hal qiluvchi bahslar kutmoqda.
Shuningdek, qizlarimiz ham bugun Toshkent vaqti bilan 15:00 da yarim final janglariga chiqishadi.
Bakradze Iman
Redaktor