U-19 bokschilarimiz finalga chiqdi
Yigitlar va qizlarimiz 10-avgust kuni oltin medal uchun kurashadi
Rasm: Telegram
U-19 yoshlar terma jamoamiz yarim final bahslarini muvaffaqiyatli yakunladi. Birinchi dasturda 4 nafar qizimiz finalga yo'l olgan bo'lsa, kunning ikkinchi yarmida ringga chiqqan 6 nafar yigitimiz ham hal qiluvchi bellashuvga chiqdi. Qolgan sportchilarimiz bronza medali bilan taqdirlandi.
Finalda ishtirok etadigan tarkib:
Yigitlar:
-65 kg — Jahongir Zayniydinov
-70 kg — Abdulaziz Jo'raqulov
-75 kg — Muhammadjon Yaqubboev
-80 kg — Norbek Abdullayev
-85 kg — Samir Sobirov
+90 kg — Islam Salixov
Qizlar:
-48 kg — Maftuna Musurmonova
-60 kg — Sevara Mamatova
-70 kg — Rayhona Qurbonboeva
+81 kg — Sobiraxon Shahobiddinova
Bronza medali egalari:
-60 kg — Abdurahmon Mahmudjonov
-75 kg — Maftuna Yangieva
-81 kg — Ruxshona Parpiyeva
Final bahslari: 10-avgust
Bakradze Iman
Redaktor