Toshkentda kichik o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oladi
400 ga yaqin yosh bokschi yurt sha’ni uchun ringga ko‘tariladi
Rasm: gettyimages.com
23–29 iyun kunlari Toshkent shahridagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida kichik o‘smirlar (U-15) o‘rtasida boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.
Ushbu musobaqada yurtimizdagi barcha viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 400 nafarga yaqin iqtidorli yosh bokschilar qatnashishi kutilmoqda.
Chempionat yosh avlod vakillarining mahoratini oshirish, iqtidorlarni aniqlash va milliy terma jamoaga nomzodlarni saralashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Musobaqa dasturi bilan pastda tanishishingiz mumkin.

Bakradze Iman
Redaktor