locale OZ

To‘rabek Habibullayev: «Murabbiylarimning ko‘rsatmasi oltin medal sari yetakladi»

Bokschi MOQ matbuot xizmatiga intervyu berdi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
To‘rabek Habibullayev: «Murabbiylarimning ko‘rsatmasi oltin medal sari yetakladi»
Фото: Olympic.uz

To‘rabek Habibullayev Liverpulda o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionati qahramonlaridan biri bo‘ldi.

Parij-2024 siklida musobaqalarda -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz bir yil ichida -90 kg toifasiga ko‘tarilib, yangi qirralarini namoyish eta oldi va jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

– Jahon chempionatidagi eng og‘ir jang qaysi bo‘ldi?
– Jahon chempionatida har bir raqib kuchli. Bunday musobaqalarda hech kim yutqazaman deb ringga chiqmaydi. Hamma bor kuchi bilan jang qiladi. Liverpulda yarim final va final janglari avvalgilariga nisbatan qiyinroq bo‘ldi. Murabbiylarim tomonidan berilgan to‘g‘ri ko‘rsatma meni oltin medal sari yetakladi.

– Parij-2024 Olimpiadasidan keyin birdan katta vaznga o‘tildi. Bu vazn yig‘ishda qiynchilik tug‘dirmadimi?
– Avval musobaqalardan oldin katta miqdorda vazn tashlar edim. Keyinchalik bu jarayon qiynchilik tug‘dira boshladi. Olimpiadadan keyin ustozlarim yuqoriroq vazn toifasiga o‘tishni maslahat berishdi. Bu taklifni qabul qildim. Aytganimdek, oldindan tabiiy vaznim yuqoriroq bo‘lgani uchun yangi toifada katta qiynchilik sezilmadi.

– Los-Anjeles-2028 Olimpiadasiga tayyorgarlik yo‘lida yana qanday jihatlar ustida ishlashingiz kerak deb hisoblaysiz?
– Asosiysi, yanada kuchli bo‘lib tayyorlanishim kerak. Ikkinchi Olimpiadamdan faqat oltin medal bilan qaytishni maqsad qilganman. Albatta, buning uchun ko‘proq mehnat qilish va tezligim ustida ishlashim kerak bo‘ladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting