locale OZ

The Ring’ning yangilangan reytingi: Usik — chempion, Fury — yetakchi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Amerikaning mashhur The Ring jurnali super og'ir vazn toifasidagi professional bokschilarning yangilangan reytingini e'lon qildi. Chempionlik kamarlariga hozirda ukrainalik Aleksandr Usik ega. U WBC, IBF, WBA Super, WBO, IBO va The Ring kamarlarini qo'lga kiritgan holda, mutlaq chempion maqomini oldi.

Qizig'i shundaki, joriy yil boshida boksdan ketishini ma'lum qilgan britaniyalik Tyson Fury reytingdagi yetakchi raqam — birinchi o‘rinni saqlab qolgan. Kuchli uchlikni britan bokschilari — Daniel Dubois va Joseph Parker to‘ldirgan.

Umid qilamizki, yaqin yillarda ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bahodir Jalolov ham o‘z o‘rnini egallaydi.

The Ring talqiniga ko‘ra super og‘ir vaznda Top-10 bokschi:
Chempion — Aleksandr Usik

1. Tyson Fury
2. Daniel Dubois
3. Joseph Parker
4. Agit Kabayel
5. Anthony Joshua
6. Filip Hrgovic
7. Fabio Wardley
8. Zhang Zhilei
9. Martin Bakole
10. Efe Ajagba

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting