locale OZ

Terma jamoamiz a’zolari Xitoyda o‘quv- mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi

14–24 sentyabr kunlari Xitoyning Sinszyan avtonom okrugida boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari ishtirokida xalqaro qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkaziladi.
Terma jamoamiz a’zolari Xitoyda o‘quv- mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi
photo: gettyimages

Yig‘in davomida sportchilarning texnik-taktik va funksional tayyorgarligi yanada oshirilib, xorijlik raqiblar o‘rganiladi. Shuningdek, yig‘in mobaynida terma jamoamiz 4th “Belt and Road” xalqaro turnirida ham ishtirok etadi.

Mazkur yig‘in terma jamoa a’zolarining xalqaro maydondagi muhim musobaqalarga tayyorgarligini kuchaytirish, yuqori malakali bokschilarni shakllantirish hamda vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga xizmat qiladi.

Terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:

Erkaklar:

Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
Amirbek Ismoilov
Sayfiddin Sobirov
Abdulaziz Abdunazarov
Shoxrux Abdumalikov
Madiyar Daniyarov
Atxamjon Muxitdinov
Abdulaziz Jo‘raqulov
Safarmurod Allaberganov
Samandar Habibullayev
Gofurjon Ne’matov
Samir Sobirov
Shaxzod Polvonov
Ozodbek Aliyev

Murabbiylar: Ramz Axmedov, Yusufjon Tursunov, Ikrom Berdiyev, Ozod Xasanov.

Ayollar:

Jasmin Toxirova
Sabina Boboqulova
Zilola Yusupova
Mushtariybonu Ibrohimjanova
Raxima Bekniyazova
Sevinch Xurramova
Aysanem Saruarova
Ruxshona Parpiyeva
Sobiraxon Shaxobiddinova

Murabbiylar: Baxodirjon Nuriddinov, Rustam Abilov.

Hakam: Asliddin Abdualimov

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting