Sitora Turdibekova World Boxing musobaqasini mag'lubiyat bilan yakunladi
O'zbekistonlik bokschi 60 kg vazn toifasida turkiyalik raqibasiga imkoniyatni boy berdi
Rasm: boxing.uz
Kecha, 30 iyun kuni Astana shahrida World Boxing musobaqasining navbatdagi bahslari bo'lib o'tdi.
Ayollar o'rtasidagi 60 kg vazn toifasida ringga chiqqan Sitora Turdibekova turkiyalik Gizem Ozerga qarshi jang o'tkazdi. Afsuski, hamyurtimiz 1:4 hisobida mag'lubiyatga uchrab, musobaqani tark etdi.
Bu sanadagi o'zbekistonlik sportchilarning so'nggi natijasi shu bo'ldi.
Bakradze Iman
Redaktor