Shaxram G'iyosov va'dasini bajardi
Photo: gettyimages
Bokschimiz Shahram G‘iyosov AQSHning Nyu-Jersi shtati, Atlantik-Siti shahrida tashkil etilgan boks oqshomida ringga ko‘tarildi. Argentinalik Franko Maksimiliano Okampo ustidan qozonilgan ishonchli g'alabadan so'ng, quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:
“Bu g‘alabani qizimning xotirasiga bag‘ishlayman. Unga jahon chempioni bo‘lishni va’da qilgandim. Keyingi jangimda chempionlik uchun jang qilmoqchiman. Menga imkon berishsa, buni uddalayman”.
Shunday qilib hamyurtimiz Shahram G'iyosov jangdan oldingi va'dasida turdi va o'sha fikrlarini jangdan keyin ham takrorladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor