locale OZ

Shahram G‘iyosov The Ring reytingida kuchli beshlikka kirdi

O‘zbekistonlik bokschi yarim o‘rta vaznning eng yaxshi beshligiga kiritildi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

The Ring jurnali yarim o‘rta vazn toifasidagi professional bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, WBA kamariga majburiy da’vogar sifatida ko‘rilayotgan o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov kuchli beshlikdan o‘rin oldi — u 5-pog‘onada joylashdi.

Eslatib o‘tamiz, G‘iyosovning navbatdagi jangi WBA chempionlik kamari uchun o‘tkazilishi kutilmoqda. Yaqinda amaldagi chempion Jaron Ennis WBA va IBF kamarlardan voz kechgani xabar qilingandi.

The Ring reytingi (yarim o‘rta vazn):
1. Bryan Norman (AQSH)
2. Eimantas Stanionis (Litva)
3. Mario Barrios (AQSH)
4. Jovani Santillan (AQSH)
5. Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston)
6. Rogan Polanko (Dominikana)
7. Alexis Rocha (AQSH)
8. Raul Kuriel (Meksika)
9. Ekow Essuman (Britaniya)
10. Karen Chukhajyan (Ukraina)

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting