locale OZ

Sabina Boboqulova Ozarbayjonda o'tkazilgan Buyuk Ipak Yo'li turnirida chempion bo'lib, O'zbekiston terma jamoasi uchun beshta medaldan birini qo'lga kiritdi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sabina Boboqulova Ozarbayjonda o'tkazilgan Buyuk Ipak Yo'li turnirida chempion bo'lib, O'zbekiston terma jamoasi uchun beshta medaldan birini qo'lga kiritdi
Sabina Boboqulova Ozarbayjonda o'tkazilgan Buyuk Ipak Yo'li turnirida chempion bo'lib, O'zbekiston terma jamoasi uchun beshta medaldan birini qo'lga kiritdi

Boku shahrida (Ozarbayjon) ayollar o'rtasidagi "Buyuk Ipak Yo'li" xalqaro boks turnirining final bahslari ham yakunlandi. Nufuzli musobaqada ishtirok etgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi bitta oltin, bitta kumush va uchta bronza medallarini qo'lga kiritdi. Yagona oltin medalni Sabina Boboqulova yutib oldi.

O'zbekiston ayollar terma jamoasi g'olib va sovrindorlari:
Oltin medal:
-50 kg: Sabina Boboqulova.
Kumush medal:
-48 kg: Jasmin To'hirova.
Bronza medallari:
-57 kg: Uzuqjamola Yunusova.
-70 kg: Aysha Toyirova.
+81 kg: Oltina Sotimboyeva.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston erkaklar terma jamoasi mazkur turnirda bitta oltin, ikkita kumush va to'rtta bronza medallarini qo'lga kiritgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting