locale OZ

Ruslan Abdullayev WBA Continental kamari sohibi!

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ruslan Abdullayev
Photo: gettyimages

Super yengil vazn toifasidagi professional bokschimiz Ruslan Abdullayev hozirgina ikkinchi jangini yakunladi.

AQSHning Kaliforniya shtati Oushensayd shahrida tashkil etilayotgan prof boks oqshomida 22 yoshli hamyurtimizga filippinlik Jino Rodrigo raqib bo‘ldi. Sakkiz raund to‘liq davom etgan jangda charm qo‘lqop ustamiz raqibini hakamlarning yakdil qarori bilan (80:71, 80:71, 80:71) mag‘lubiyatga uchratdi.

E’tiborlisi shundaki, Oskar De La Xoyyaga tegishli Golden Boy promouterlik kompaniyasi mijozi bo‘lgan Ruslan Abdullayev prof boksdagi ikkinchi jangidayoq WBA Continental kamarini qo‘lga kiritdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting