Ruslan Abdullayev g‘alabali seriyasini davom ettirdi
Unga kubalik Orestes Velazkes raqiblik qildi.
Фото: Boxing Uzbekistan
Professional boksning super engil vazn (63,5 kg) toifasida o‘z janglarini o‘tkazayotgan, Ruslan Abdullayev AQShning Kaliforniya shtatida tashkil etilgan jang kechasida ringga ko‘tarildi.
Abdullayevga kubalik Orestes Velazkes raqiblik qildi. 10 raund qilib belgilangan jangning 5-raundi o‘tayotgan bir pallada Ruslan o‘ziga xos kuchli zarbalari bilan jang taqdirini hal qildi.
Shu tariqa yurtdoshimiz professional boksdagi 5-jangida ham texnik nokaut bilan g‘alabaga erishib, g‘alabali seriyasini davom ettirdi.