locale OZ

Rayan Garsiya WBC chempioni Mario Barriosga qarshi jang qiladi

To'qnashuv 21 fevral kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtadi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rayan Garsiya WBC chempioni Mario Barriosga qarshi jang qiladi
FOTO: Getty Images

Yengil vazn toifasida WBC kamarining sobiq vaqtinchalik chempioni, amerikalik bokschi Rayan Garsiya (24–2, 20 KO) navbatdagi jangini WBC yo‘nalishida yarimo‘rta vazn toifasining amaldagi chempioni Mario Barriosga qarshi o‘tkazadi. Jang 21 fevral kuni Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda The Ring jurnali xabar berdi.

Rayan Garsiya 27 yoshda. U professional faoliyatini 2016 yilda boshlagan. 2021 yilda yengil vazn (61,2 kg gacha) toifasida WBC vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. 2023 yildan buyon esa yarimo‘rta vazn toifasida ringga chiqmoqda.

Mario Barrios esa 30 yoshda. Amerikalik bokschi professional boksdagi debyutini 2013 yilda o‘tkazgan. 2019 yilda birinchi yarim o‘rta vazn (63,5 kg gacha) toifasida WBA chempioni bo‘lgan. 2024 yilda esa yarim o‘rta vaznda WBC chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting