Rasman: Gennadiy Golovkin World Boxing tashkilotining yangi prezidenti etib saylandi
Sobiq jahon chempionining vakolat muddati uch yil etib belgilandi.
FOTO: Getty Images
Professional boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni, qozoq bokschisi Gennadiy Golovkin xalqaro sport tashkiloti — World Boxingning yangi prezidenti etib saylandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident saylovi 23 noyabr kuni Italiya poytaxti Rimda bo‘lib o‘tgan kongressda tashkil etildi. Golovkinning vakolat muddati uch yilni tashkil etadi.
«Men uchun World Boxing tashkilotining yangi prezidenti etib saylanish — katta sharaf. Va bu faqat boshlanishi. Bugundan boshlab har bir qarorning markazida sportchilar turadi. 2028 yilgi Los-Anjeles Olimpiadasi sari yo‘lda biz olimpiya boksiga bo‘lgan ishonchni tiklaymiz. Endi birlashib, yagona bokschilar oilasi sifatida oldinga siljish vaqti keldi», — dedi Golovkin o‘z izohida.
Nasrullo Karimov
Jurnalist