Qozog‘iston o‘z mezbonligidagi musobaqa uchun tarkibni e’lon qildi
Jahon kubogiga tayyorgarlik
Rasm: Offside.kz
30 iyun – 7 iyul kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida World Boxing shafeligida Jahon kubogi bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning yetakchi boks terma jamoalari ishtirok etadi.
Musobaqa mezboni sifatida Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiy Qayrat Satjanov boshchiligidagi tarkibini rasmiy e’lon qildi:
• 50 kg: Sanjar Toshkenbay
• 55 kg: Mahmud Sabirxon
• 60 kg: Serik Temirjanov
• 65 kg: Ertugan Zeynulllin
• 70 kg: Abilayxon Jusupov
• 75 kg: Sabirjon Akkalikov
• 80 kg: Nurbek Oralbay
• 85 kg: Bekzad Nurdauletov
• 90 kg: Saghindik Tog‘ambay
• +90 kg: Aybek Oralbay
Qozog‘iston terma jamoasi ushbu nufuzli musobaqada o‘z muxlislari oldida zafar quchishni maqsad qilgan.
Bakradze Iman
Redaktor