locale OZ

Qaytish orzusi: Klichko Fyuriga qarshi revanshni ko‘zlamoqda

49 yoshli afsona ringga qaytishga jiddiy qaramoqda
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni, ukrainalik Vladimir Klichko yana ringga qaytishni istamoqda. Bu haqda uning sobiq murabbiyi Jeyms Ali Bashir ma’lum qildi.

Ali Bashirning aytishicha, 49 yoshli Klichko Tyson Furyga qarshi revansh jangi uchun katta ishtiyoqga ega va bu borada ringga qaytish imkoniyatini jiddiy o‘ylab ko‘rmoqda.

“Men Vladimir bilan taxminan 8–9 kun oldin gaplashdim. U hozircha Usikning harakatlarini kuzatmoqda. Bir narsani ishonch bilan ayta olaman: Klichko ringga qaytib, Tyson Furyga qarshi revansh o‘tkazishni juda xohlamoqda,” — dedi Ali Bashir Seconds Out’ning YouTube kanalida.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting