«Prezident Olimpiadasi»ning boks sport turi boʻyicha musobaqalariga start berildi
FOTO: Olympic.uz
Ayni daqiqalarda Olimpiya shaharchasida "Prezident Olimpiadasi"ning boks sport turi boʻyicha musobaqalari boʻlib oʻtmoqda. Musobaqalar davlatimiz madhiyasi bilan boshlandi.
Tantanali ochilish marosimida Sport vaziri Adkham Ikramov hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etdi.
Musobaqalarda respublikamiz bo‘ylab viloyatlardan tashrif buyurgan sportchilar o‘zaro bahsga kirishdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist