locale OZ

O‘zbekistonlik professional bokschi Ruslan Abdullayev professional boks haqida fikr bildirdi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish

O‘zbekistonlik professional bokschi, birinchi yarim yengil vazn toifasida WBA Continental Gold kamarining egasi Ruslan Abdullayev o‘zining oxirgi jangidan so‘ng professional boks haqida fikr bildirdi.

Intervyu davomida u shunday dedi:
«Professional boks — bu boshqacha daraja. Raundlar ko‘p, zarbalar qattiq. Lekin aynan shu qattiqlik menga yoqdi. Kamar uchun kurash oson kechmaydi, deb o‘ylayman».

Ma'lumot uchun: 20 aprel kuni AQShning Kaliforniya shtati, Oushensayd shahrida o‘tkazilgan boks kechasida Ruslan Abdullayev filippinlik Jino Rodrigni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etib, WBA Continental Gold kamarini qo‘lga kiritdi.

Ruslan Abdullayev - O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi, 2023 yilgi jahon chempioni, 2022 yilgi Osiyo chempioni, 2021 yilgi O‘zbekiston chempioni hamda xalqaro va milliy musobaqalarning ko‘p karra g‘olibi va sovrindori.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting