locale OZ

Oʻzbekistonlik oʻsmir bokschilar Osiyo chempionatini 23 ta medal bilan yakunlashdi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbekistonlik oʻsmir bokschilar Osiyo chempionatini 23 ta medal bilan yakunlashdi
Oʻzbekistonlik oʻsmir bokschilar Osiyo chempionatini 23 ta medal bilan yakunlashdi

Ammanda (Iordaniya) 15 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi. 29-aprel kuni final janglari boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqani 7 ta oltin, 8 ta kumush va 8 ta bronza medali bilan yakunlab, umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi.

Oʻzbekistonlik chempion va sovrindorlar:

Oltin medal:
-37 kg — Muxriddin Hamidjonov
-49 kg — Parvina Shakarova
-55 kg — Madinabonu Xudoyorova
-58 kg — Jahongirjon Usmonqulov
-61 kg — Xadiyatulloh Saydullayev
-67 kg — Meyrambek Aliyev
-70 kg — Izmir Uktamov

Kumush medal:
-33 kg — Temurbek Baxtiyorov
-35 kg — Sarmat Shokarimov
-37 kg — Sabinaxon Qamijonova
-43 kg — Zarifjon Nematov
-43 kg — Rayxona Alimxonova
-52 kg — Elshod Shokirjanov
-55 kg — Hasan Xolmurodov
+70 kg — Elshod Obloqulov

Bronza medal:
-35 kg — Aminaxon Nosirova
-40 kg — Sug'diyona Abduazimova
-46 kg — Oybek Alimjonov
-46 kg — Dildora Tolqinova
-52 kg — Mohichehra Hamidova
-58 kg — Angelina Umarova
-61 kg — Marjona Sultonova
-67 kg — Fazilaxon Tursunova

Jamoaviy natijalar:
1-oʻrin — Hindiston (11 ta oltin medal)
2-oʻrin — Oʻzbekiston (7 ta oltin)
3-oʻrin — Qozogʻiston (6 ta oltin)

Eslatib oʻtamiz, 1-may kuni Osiyo chempionati doirasida U-17 toifasidagi oʻzbek bokschilari ham oʻz final uchrashuvlarini oʻtkazishadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting