O‘zbekistonlik bokschilar “Thailand Open” musobaqasida 1-o‘rinni egalladi
Tailandning Bangkok shahrida 22 maydan 1 iyungacha "Thailand Open" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada O‘zbekistonning ikkita terma jamoasi vakillari ham ishtirok etdilar.
Bugungi final bahslaridan so‘ng jamoamiz 5 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
-50 kg: Shodiyorjon Meliquziev
-55 kg: Faryozbek Do‘smatov
-85 kg: Nusratbek To‘hirov
-48 kg: Farzona Fozilova
-75 kg: Aziza Zokirova
Kumush medal:
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov
-75 kg: Javohir Abdurahimov
-51 kg: Sabina Boboqulova
-54 kg: Feruza Kazakova
Bronza medal:
-60 kg: Madiyor Daniyarov
-80 kg: Samandar Jalolov
-90 kg: Elyorbek Jo‘raboyev
+90 kg: Abdurahmon Rustamov
-57 kg: Nigina O‘ktamova
-65 kg: Navbahor Hamidova
-70 kg: Oysha Toirova
Murabbiylar: Rahmatjon Ro‘ziohunov, Elshod Rasulov, Akmal Hasanov, Botirjon Mahmudov, Mansur Muqimov, Islam Tajibaev, Jamoliddin Po‘latov, Istam Kabinov, Shahzoda Umarova.
Shifokor: Komiljon Rasulov.
Medal jamg‘arishda O‘zbekiston terma jamoasi yetakchi bo‘ldi. 2-o‘rinni esa Qozog‘iston bokschilari egalladi.