O‘zbekistonlik bokschilar tantanali kutib olindi
Jahon chempionatida 11 ta medal qo‘lga kiritildi.
Фото: Olympic.uz
Bugun tongda Angliyaning Liverpul shahrida tashkil etilgan boks bo‘yicha jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi poytaxtimizga qaytib keldi.
Musobaqa qahramonlarini Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, yaqinlari tantanali kutib olishdi.
Eslatib o‘tamiz, bokschilarimiz dunyo birinchiligida 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 11 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist