Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi uchun chorak final janglari davom etmoqda
Amman (Iordaniya) shahrida boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati qizgʻin pallaga kirdi. 24 aprel kuni Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasining oʻn nafar aʼzosi yarim finalga chiqish uchun ringga chiqadi.
Oʻzbekistonlik bokschilarning 24 apreldagi janglar taqvimi:
46 kg: Muhammadali Istamov — Jumagali Nurmahan (Qozogʻiston)
48 kg: Habibullo Saynazarov — Jefferson Amaya (Filippin)
46 kg: Farangiz Usvalieva — Shugila Jaras (Qozogʻiston)
50 kg: Shodiyona Melikozieva — Gulbanu Bekmurat (Qozogʻiston)
52 kg: Asadbek Esonboev — Nurislom Sirgakov (Qirgʻiziston)
54 kg: Bobomurod Boymirzaev — Siva Chaynarong (Tailand)
57 kg: Asilbek Abduqodirov — Aziz Doʻlat (Qozogʻiston)
52 kg: Kumriniso Muhammadova — Chi-En Kuo (Xitoy Taybeyi)
54 kg: Sabrina Chakamonova — Dang Thi Thanh (Vetnam)
57 kg: Farzuna Roziyeva — Naval Hamade (Filippin)
Janglar Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlanadi.