locale OZ

O‘zbekiston boks terma jamoasi Ostona shahridagi World Boxing Jahon Kubogi bosqichida ishtirok etmaydi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

O‘zbekistonning boks bo‘yicha milliy terma jamoasi 2025 yilda Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan World Boxing Jahon Kubogi bosqichida qatnashmaydi.

Bu haqda Qozog‘iston Turizm vazirligi huzuridagi Sportni rivojlantirish direksiyasi matbuot xizmati rahbari Ayan Tolegen o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, «Ostonadagi Kubokda umuman o‘zbek bokschilari ishtirok etmaydi».

Musobaqa 30 iyundan 7 iyulgacha davom etadi. Hozirgacha 33 mamlakat terma jamoalari ishtirokini tasdiqlagan, bu esa musobaqaning xalqaro maydondagi nufuzidan dalolat beradi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting