locale OZ

O'zbek boksi afsonasi Rufat Risqiyev vafot etdi

Risqiyev sport olamida “Toshkent yo'lbarsi” nomi bilan tanilgan.
O'zbek boksi afsonasi Rufat Risqiyev vafot etdi
Фото: Olympic.uz

Afsonaviy bokschi Rufat Risqiyev 76 yoshida olamdan o'tdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot kotibi Zafar Imomxo'jayev ma'lum qildi.

Rufat Risqiyev o'zbek boksining eng mashhur vakillaridan biri bo'lib, sport olamida “Toshkent yo'lbarsi” nomi bilan tanilgan.

U 1974 yilda boks bo'yicha jahon chempioni bo'lgan. 1976 yildagi Olimpiya o'yinlarida esa kumush medalni qo'lga kiritgan. Shu tariqa, Risqiyev Olimpiya o'yinlari va jahon chempionatlarida shohsupaga ko'tarilgan ilk o'zbek bokschisi sifatida tarixga kirgan.

Sportchi faoliyati davomida xalqaro maydonda ham qator muvaffaqiyatlarga erishgan. Xususan, AQSH, Kuba, Avstriya, sobiq Yugoslaviya va Ispaniyada o'tkazilgan xalqaro turnirlarda g'olib chiqqan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting