Olimpiya shaharchasining Yakkakurashlar arenasida yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati ham o‘z yakuniga yetdi
Chempionatning "Eng yaxshi bokschisi" deya Elyor Rustamov topilgan bo‘lsa, "Eng yaxshi hakam" nominatsiyasi Gulasal Rahimquliyevaga nasib etdi.
photo: boks Uzbekistan
Olimpiya shaharchasining "Yakkakurashlar" arenasida yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati ham o‘z yakuniga yetdi.
Qiziqarli va keskin bahslarga boy bo‘lgan chempionat yakunida Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasi 2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, chempionatning "Eng yaxshi jamoasi"ga aylandi. 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza bilan Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi ikkinchi, 2 ta oltin, 1 ta kumush hamda 1 ta bronza bilan Andijon jamoasi kuchli uchlikdan o‘rin oldi.
Shuningdek, chempionatning "Eng yaxshi bokschisi" deya Elyor Rustamov topilgan bo‘lsa, "Eng yaxshi hakam" nominatsiyasi Gulasal Rahimquliyevaga nasib etdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor