locale OZ

Nigeriyalik bokschi jang paytida vafot etdi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nigeriyalik bokschi jang paytida vafot etdi
FOTO: GBA

Nigeriyalik bokschi Gabriel Oluvasegun Olanrevaju Ganada o‘tkazilgan jang vaqtida hushidan ketib, 40 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Britaniyaning BBC teleradiokompaniyasi Gana boks boshqarmasiga (GBA) asoslanib ma’lum qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bokschi Akkrada (Gana) yarim og‘ir vazn toifasida ganalik Jon Mbanguga qarshi jangning uchinchi raundida hushini yo‘qotgan. Dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng, Olanrevaju Korle-Bu shifoxonasiga yetkazilgan. Biroq tez tibbiy yordamlarga qaramasdan u shifoxonada vafot etgan.

Olanrevaju o‘z faoliyati davomida 13 ta g‘alaba (shundan 12 tasi nokaut bilan), 8 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. Professional ringda Olanrevaju Nigeriya va G‘arbiy Afrika chempioni unvonlarini qo‘lga kiritgan, shuningdek Afrika chempionligi uchun ham jang qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting