locale OZ

Navbahor Hamidova: «Xalqimiz qo‘llab-quvvatlab tursa, Olimpiada oltin medalini ham olamiz»

Hamidova World Boxing tashkiloti kubogi g‘olibi, uch marta jahon chempionati sovrindori.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Navbahor Hamidova: «Xalqimiz qo‘llab-quvvatlab tursa, Olimpiada oltin medalini ham olamiz»
Фото: Boxing Uzbekistan

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati Navbahor Hamidova bilan o‘tkazilgan suhbatni e’lon qildi.

— Navbahor, yana bir bor O‘zbekiston chempioni bo‘lganingiz bilan tabriklaymiz!
— Rahmat.

— Bu safargi chempionat haqida qanday fikrdasiz?
— Hammasi ajoyib. Har doimgidek.

— Chempionlik sari yo‘lda qanday qiyinchiliklar bo‘ldi? Raqiblaringiz haqida nima deysiz?
— Har birini hurmat qilaman. Lekin men yaxshi jismoniy holatda edim.

— Siz avval 75 kg.da harakat qilardingiz. Keyinroq 66 kg.ga tushdingiz. Vazn tashlashda muammolar bo‘lmayaptimi?
— Yo‘q. Murabbiyimiz Elshod Rasulovning maslahati bilan shu vaznga tushdik va natijalar ham asta-sekin kela boshladi.

— Siz aslida Samarqand viloyatida tug‘ilgansiz, to‘g‘rimi?
— Ha, Jomboy tumanidaman.

— Demak, Samarqandda qizlar boksi juda yaxshi rivojlangan ekan, Nigina O‘ktamova, Sitora Turdibekova ham samarqandlikmi?
— Bu ro‘yxatga Sevara Mamatovani ham qo‘shsa bo‘ladi. Yana yoshlarimizdan juda ko‘p.

— Siz professional boksda ham debyut qilgansiz. Bu yo‘nalishda ham davom etasizmi?
— Har ikkisini birga olib boraman.

— Aytaylik, professional boksda jang qilish uchun sizga "challenge"lar bo‘lsa, qabul qilasizmi?
— Ha, murabbiylarim bilan maslahat qilib jangga chiqaman.

— Sizga savol, masalan, kim chaqirishi mumkin deb o‘ylaysiz? Masalan, qozog‘istonlik Firuza Sharipova...
— Menimcha, boksdagi faoliyatini yakunladi. Mendanda yoshi ancha katta. Aslida, istalgan bilan jang qilaveraman.

— O‘sha jahon chempionati finalidagi jangda yaxshi ikki raundni o‘tkazdingiz. Lekin uchinchi raundda tashlab yubordingiz. G‘alabangizga ishonib ketganmidingiz?

— Yo‘q. Barcha raundlarda bor kuchim bilan harakat qilaman. Shunchaki sog‘liq bilan muammo bor edi. Nasib etsa, bu safar jahon chempioni bo‘laman.

— Bu borada sizga omad tilaymiz!

— Katta rahmat. Xalqimiz qo‘llab-quvvatlab tursa, Olimpiada oltin medalini ham olamiz.

Eslatib o‘tamiz, Navbahor Hamidova World Boxing tashkiloti kubogi g‘olibi, uch marta jahon chempionati sovrindori, ko‘p karra Osiyo va O‘zbekiston chempionati oltin medali sohibasi sanaladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting