locale OZ

Navbahor Hamidova: Raqib tanlamayman

Navbahor Hamidova professional boksda ikkinchi jangini o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Navbahor Hamidova: Raqib tanlamayman
photo: boks Uzbekistan

Ayollar terma jamoamizning yetakchi vakilasi, jahon kubogi sohibasi Navbahor Hamidova professional boksda ikkinchi jangini o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. U 11 aprel kuni Farg‘onada Farangiz Olimjonovaga qarshi ringga ko‘tariladi.

Biz ushbu jang haqida bokschimiz va ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Elshod Rasulovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Elshod Navbahor uchun asosiy maqsad baribir 2028 yilgi Los -Andjelas Olimpiadasidagi muvaffaqiyatli ishtirok hisoblanadi. Professionaldagi faoliyat unga xalaqit bermaydimi?

- Yo‘q. Aksincha oraliq vaqt bo‘lganda bunday janglarni o‘tkazib turish zarar qilmaydi.

- Professional va havaskor boks o‘rtasida baribir farq bor. Hozirgi tayyorgarlik havaskor yo‘nalishga qaratilganligini inobatga olsak, qiyinchilik yuzaga kelmaydimi?

- Reyting janglari uchun ushbu tayyorgarlik yetarli deb o‘ylayman. Lekin jiddiy janglar, chempionlik bahslari uchun alohida hozirlik ko‘rish kerak bo‘ladi.

- Navbahor Dana Uaytga qarashli bo‘lgan Zuffa Boxing bilan shartnoma imzoladimi?

- Navbahor hamda Aziza Zokirovaga qiziqish bildirishgan. Bu borada ishlar olib borilyapti.


-Navbahor, professional boksda debyut jangingizni o‘tkazib ulgurdingiz. Bu yo‘nalishga moslashish qiyin kechmadimi?

- Endigina bitta jang o‘tkazdim. Hozircha biror fikr bildira olmayman. Lekin murabbiylarimning ko‘rsatmalarini to‘liq bajarishga harakat qildim. Shuning uchun qiyinchilikka uchramadim. Hali jiddiy janglar oldinda.

- Jiddiy janglar deganda qanday toifadagi raqibalaringiz bilan to‘qnashuvni nazarda tutyapsiz?

- Albatta, professional boksdagi chempionlarga qarshi to‘qnashuvni aytyapman.

- Demak, bu yo‘nalishda ham istalgani bilan jang qilishga tayyorsiz?

- Shubhasiz, men raqib tanlamayman!

-Rahmat, professional boksda ham chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritishingizga tilakdoshmiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting