locale OZ

Naoya Inoue faoliyatini qachon yakunlashi haqida gapirdi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Naoya Inoue faoliyatini qachon yakunlashi haqida gapirdi
FOTO: Getty Images

Super yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue boksdagi faoliyatini qachon yakunlamoqchi ekanligi haqida fikr bildirdi.

“Men faoliyatimni kerakli vaqtda yakunlashni xohlayman. O'ylaymanki, bu yil bilan birga uch yilim qoldi.

Hozircha jismoniy kuchim yoki ko'rsatkichim pasayganini sezmayapman, lekin o'sha kun kelishiga ishonaman. Men mashg'ulotlar va janglarimni shu atrofida rejalahtirishim kerak.

Ishonchim komilki, pasayish muqarrar, chunki men oddiy odamman. Shuning uchun tayyorgarlik ko'rish va o'zingni bilish muhimdir”, - deydi Inoue.

Eslatib o'tamiz, Inoue o'zining so'nggi janggini 2025-yilning may oyida Ramon Kardenasga qarshi o'tkazib, sakkizinchi raundda texnik nokaut bilan g'alaba qozongandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting