Murodjon Ahmadaliyev Tokio jangini kutmoqda
O'zbek chempioni Naoya Inoue'ga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi
Rasm: Instagram
IBF va WBA yo'nalishlarida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev Yaponiya poytaxti Tokio shahriga yetib bordi.
Murodjon Ahmadaliyev:
“Bu men uchun faoliyatimdagi muhim jang. Raqibim Naoya Inoueni hurmat qilaman. U kuchli bokschi. Kim jangga qanday tayyorgarlik ko‘rganini ring ko‘rsatadi. Bitta zarba hamma narsani hal qilib qo‘yishi mumkin. Shunday ekan, 14 sentyabrni kutamiz.”
14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida joylashgan yangi IG Arena majmuasida katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Markaziy to‘qnashuvda ikkinchi eng engil vazn toifasidagi mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue va WBA Interim kamari sohibi Murodjon Ahmadaliyev ringga chiqadi.
Bakradze Iman
Redaktor