Murodjon Ahmadaliev jang arafasidagi tayyorgarlikni namoyish qildi
WBA Interim kamari egasi AQShdagi yig'inda Naoya Inoue'ga qarshi to'qnashuvga puxta hozirlik ko'rmoqda
Rasm: Instagram
Ikkinchi engil vazn toifasida WBA Interim chempionlik unvoniga ega bo'lgan o'zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliev navbatdagi jang uchun qat'iy tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Joriy yilning 14 sentabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida bo'lib o'tadigan professional boks kechasida u mazkur toifaning mutlaq chempioni, mahalliy sportchi Naoya Inoue'ga qarshi ringga ko'tariladi.
Ahmadaliev hozirda AQShning Kaliforniya shtatida, Indio shahrida yig'in o'tkazmoqda. Uning tayyorgarlik jarayonlarida yana bir o'zbekistonlik bokschi — Otabek Xolmatov ishtirok etmoqda va unga yordam bermoqda.

Bakradze Iman
Redaktor