Mujibillo Tursunov chorak finalda meksikalik raqibga qarshi jang qiladi
WBC Gran-pri musobaqasida o‘zbekistonlik bokschi avgust oyida Mishel Cabrera bilan to‘qnash keladi
Rasm: Olamsport.uz
WBC Gran-pri turnirining rasmiy Instagram sahifasida xabar berilishicha, super engil vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschi Mujibillo Tursunovning chorak finaldagi raqibi aniq bo‘ldi.
Tursunov navbatdagi bosqichda Meksika vakili Mishel Cabreraga qarshi ringga chiqadi. Jang avgust oyida bo‘lib o‘tadi.
Bakradze Iman
Redaktor