Meyvezer birinchi, Usik toʻrtinchi — XXI asrning eng yaxshi bokschilari reytingi eʼlon qilindi
Zamonamizning eng kuchli 10 nafar charm qoʻlqop ustalari eʼlon qilindi.
FOTO: Getty Images
«The Ring» nashri XXI asrning eng yaxshi bokschilari reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatning boshidan o‘rin olgan sportchi — besh vazn toifasida mag‘lubiyatga uchramagan jahon chempioni, amerikalik Floyd Meyvezer.
«The Ring» versiyasiga ko‘ra XXI asrning Top-10 bokschisi quyidagicha:
1. Floyd Meyvezer (AQSh)
2. Mennining Pakkyao (Filippin)
3. Terens Krouford (AQSh)
4. Aleksandr Usik (Ukraina)
5. Naoya Inoue (Yaponiya)
6. Roman Gonsales (Nikaragua)
7. Bernard Xopkins (AQSh)
8. Vasiliy Lomachenko (Ukraina)
9. Andre Uord (AQSh)
10. Saul Alvares (Meksika)
Avvalroq Terens Krouford o‘zi uchun eng og‘ir jang bo‘lishi mumkin bo‘lgan afsonaviy bokschi nomini aytib o‘tgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist