Menni Pakyao bobo boʻldi (foto)
Afsonaviy bokschi nabira koʻrganini maʼlum qildi.
FOTO: Getty Images
Filippinlik afsonaviy bokschi, olti vazn toifasida sobiq jahon chempioni bo‘lgan Manni Pakyao ilk nabirasining dunyoga kelganini ma’lum qildi.
«Manni va Jinki birinchi nabirasi bilan» — deb yozdi Pakyao ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

46 yoshli Pakyao professional boksdagi debyutini 1995 yilda o‘tkazgan. U 1998 yil dekabrida WBC kamarini qo‘lga kiritib, super yengil (50,8 kg) vazn toifasida ilk bor jahon chempioni bo‘lgan.
Keyinchalik u ikkinchi yengil (55,3 kg), ikkinchi yarim yengil (59 kg), yengil (61,2 kg), yarim o‘rta (66,7 kg) va birinchi o‘rta (69,9 kg) vazn toifalarida ham chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist