Los-Anjeles–2028 Olimpiya o‘yinlarida boks bahslarining o‘tkazilish sanasi va joylari ma’lum qilindi
Photo: Boxing Uzbekistan
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2028 yilda bo‘lib o‘tadigan Los-Anjeles olimpiadasi uchun rasmiy taqvimni e’lon qildi. Tantanalarning ochilish marosimi 14-iyul kuni o‘tkazilishi belgilangan bo‘lsa-da, ayrim sport turlari bo‘yicha bellashuvlar ikki kun avval, 12-iyuldan boshlanadi.
Boks musobaqalari esa 15-iyuldan start oladi va 23-iyulgacha saralash hamda chorak final uchrashuvlari o‘tkaziladi. Yarim final va final janglari 4 kun davomida — 27-dan 30-iyulgacha tashkil etiladi.
Janglarning finalgacha bo‘lgan qismi “Peacock Theater” majmuasida o‘tkaziladi. Hal qiluvchi bahslar esa “DTLA Arena”da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist