Liverpul-2025. Bugun uch nafar o‘zbekistonlik bokschi jang qiladi
Фото: Olympic.uz
Liverpul mezbonligida kechayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida bugun 2-kun bahslari o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar a’zosi ringga ko‘tariladi.
Juftliklar bilan tanishing:
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Lai-Karlile Ali (Yangi Zelandiya)
-50 kg: Shodiyorjon Meliquziev - Nawaf Awajiy (Saudiya Arabistoni)
+90 kg: Jahongir Zokirov - Murad Kadiy (Jazoir)
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan birinchi bo‘lib Nigina O‘ktamova ringga ko‘tarildi. -54 vazn toifasida bahs olib borgan O‘ktamova ilk bosqichda qozoqistonlik Elina Bazarovani mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqich yo‘l olgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist