Lift Promotions katta tanaffusdan so‘ng Toshkentda prof boks kechasini o‘tkazadi
10 iyul kuni “Yunusobod” sport majmuasida navbatdagi professional boks turniri bo‘lib o‘tadi
Rasm: Olamsport.uz
Toshkent shahrida navbatdagi professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi. Bu galgi turnirni O‘zbekiston professional boks federatsiyasi hamda Lift Promotions kompaniyasi hamkorlikda tashkil etmoqda.
Ta’kidlanishicha, musobaqa 10 iyul kuni soat 19:00 da “Yunusobod” sport majmuasida start oladi. Bu bilan bir necha vaqtdan beri tanaffusda bo‘lgan Lift Promotions o‘z faoliyatini qayta boshlamoqda.
Hozircha qaysi bokschilar ringga ko‘tarilishiga oydinlik kiritilmadi. Turnirga oid to‘liq tarkib yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Bakradze Iman
Redaktor