Kutilmagan qaror: Terens Krouford 38 yoshida faoliyatini yakunladi
Amerikalik bokschi prof boksda jami 42 ta jang oʻtkazib, barchasida gʻalaba qozondi.
FOTO: Getty Images
Beshta vazn toifasida chempion bo‘lgan mag‘lubiyatsiz amerikalik bokschi Terens Krouford (42-0, 31 KO) professional faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Maʼlumot uchun, Terens Krouford 38 yoshda. U professional boksda 2008 yilda debyut qilgan.
2014 yilda engil vaznda (61,2 kg gacha) jahon chempioni, 2017 yilda birinchi yengil-og‘ir vaznda (63,5 kg gacha) mutlaq chempion, 2023 yilda o‘rta-yengil vaznda (66,7 kg gacha) mutlaq chempion, 2024 yilda birinchi o‘rta vaznda (69,9 kg gacha) chempion va 2025 yilda ikkinchi o‘rta vaznda (76,2 kg gacha) mutlaq chempion unvonlariga ega bo‘lgan.