Jeyk Pol va Entoni Joshua oʻrtasidagi jang 33 million tomoshabinni jalb etdi — Netflix
Ushbu bahsda Joshua muddatidan avval gʻalaba qozondi.
FOTO: Getty Images
Sobiq og‘ir vazn toifasida jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshua va internet yulduzi amerikalik Jeyk Pol o‘rtasidagi jang butun dunyo bo‘ylab 33 million tomoshabinni yig‘di. Bu haqda Netflix xabar berdi.
Taqqoslash uchun, 2025 yilda bo‘lib o‘tgan Saul Alvares va Terens Krouford jangi esa 41 milliondan ortiq tomoshabinni jalb qilgan.
Shu bilan birga, Jeyk Polning avvalgi Mayk Tayson bilan bo‘lgan jangi rekord o‘rnatib, 108 million tomoshani qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Jeyk Polga qarshi jangda Entoni Joshua oltinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozongan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist