JCH. O‘zbekistonlik bokschilar turnirni tark etdi
Ular o‘z janglarida mag‘lub bo‘lishdi.
Фото: Boxing Uzbekistan
Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.
-60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan chorak finalda, Turdibekova Sitora qozog‘istonlik Grafeeva Viktoriya qarshisida hakamlar qaroriga binoan 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida bugunning o‘zida 2-yo‘qotish qayd etildi. Biroz avval Nigina O‘ktamova amerikalik Yoseline Perezga yutqazib qo‘ygandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist